BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi Xayrullayeva Nodira Nematilloyevna tomonidan navbatdagi sayyor dars mashg`uloti o`tkazildi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi PhD X.N.Nematilloyevna filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi III-bosqich 11-5ing-22 guruh talabalari bilan " Gapirish va tinglab tushunish ko'nikmalari ” fani bo’yicha bugungi amaliy mashg’ulotni (12.12.24) sayyor dars sifatida o’tkazishdi. Sayyor dars mavzusi “Historical monuments as a part of culture”. Shaharning diqqatga sazovor bo’lgan Ko’kaldosh madrasasi, Labi Hauz ansambli va uning atrofida joylashgan binolar haqida tushunchalarga ega bo’lib yaqindan tanishdilar. X.N.Nematilloyevna binolarning tuzilishi, joylashuvi, ahamiyati haqida batafsil tushuntirib berdi. Tasvirlash jarayonida talabalar faol qatnashib mavzuga doir turli qiziqarli savol va javoblar bilan fikr almashdi.