January 18

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti S.H.Axmedova tomonidan "Og`zaki nutq amaliyoti" fanidan sayyor dars o’tkazildi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti S.H.Axmedova tomonidan 2025-yil 18-yanvar sanasida 11-10ING-24 guruh talabalari bilan "Og'zaki nutq amaliyoti" fanidan sayyor dars o’tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida «Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish» ishlari va buning uchun bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatilgan. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda, sayyor dars davomida talabalarga chet tilini o‘rganishda ko’plab onlayn platformalar va tizimlar, saytlar va o`yinlar (onestopenglish, BBC Learning English, Duolingo, Memrise, FluentU, Quizlet, Coursera, Hello Talk) haqida ma’lumot berildi. Ulardan qanday qilib foydalanish bo’yicha yo’riqnoma berilib, to’rttala ko’nikmani rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar berildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.