March 11
BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d. N.F.Qosimova tomonidan Tarjimaning pragmatik aspektlari fanidan "Pragmatic and Socio-cultural Adaptation in Translation" mavzusida ochiq ma`ruza o`tkazildi.
BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d. N.F.Qosimova tomonidan 2025-yil, 5-martda Tarjimaning pragmatik aspektlari fanidan "Pragmatic and Socio-cultural Adaptation in Translation" mavzusida I bosqich magistrantlari bilan ochiq ma`ruza o'tkazildi. Ochiq ma'ruza zamonaviy tarjimashunoslikning dolzarb muammolaridan biriga bag'ishlangan bo'lib, dars doirasida tarjima jarayonida tarjima sifatini oshirish maqsadida pragmatik va ijtimoiy-madaniy moslashtirish strategiyalarini, tarjima texnikalarini samarali qo'llash bilan bog'liq masalalar o'rganildi. Ochiq ma'ruzada professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar qatnashdi.