BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasining “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til o‘rgatish jarayonlari integratsiyasi” ilmiy maktabi doirasida navbatdagi ilmiy seminari bo`lib o`tdi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasining “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til o‘rgatish jarayonlari integratsiyasi” ilmiy maktabi doirasida ilmiy seminar o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Seminarda kafedra tayanch doktoranti Jumayeva Ozoda Ilhomjonovna "Ingliz va o'zbek lingvomadaniyatida emotsionallik konseptlarining voqealanishi (baxt” va “xursandchilik konseptlari misolida)"
mavzusida axborot berib o'tdi. Ilmiy seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o'zlariga kerakli maʼlumotlarga ega bo'ldilar. Himoyaga oid dolzarb mavzu yuzasidan tadqiqotchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha javoblar oldilar. Qizg'in bahs-munozaralar asosida o'tgan seminar-treyning barchada iliq taassurot qoldirdi.