January 15

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kitobxonlik-15 asrlik boqiy mashg`ulot" shiori ostida kafedra o`qituvchilari tomonidan kitoblar taqdimoti o`tkazilishi rejalashtirilmoqda

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Universitet 4-binosidagi kutubxonada "Kitobxonlik-15 asrlik boqiy mashg'ulot" shiori ostida kafedra o'qituvchilari tomonidan nashr ettirilgan "Boost your English vocabulary" nomli o'quv qo'llanma va "Ingliz va o'zbek tillarida so'z ma'nosi kuchayishi muammolari" nomli monografiyalarning taqdimoti o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Taqdimot kafedra o'qituvchilari Xayrulloyeva Nigora Ne'matilloyevna va Xayrullayeva Gulasal Farhodovna hamda filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi talabalari ishtirokida 16-yanvar 10:00 da 216-xonada bo'lib o'tadi.