BuxDu Xorijiy tillar fakultetida Ingliz tilshunosligi kafedrasida to`garaklar faoliyati amalda
Talabalarga autentik materiallar asosiga ingliz tilida tinglab tushunishni va gapirishni, o'z fikrini ravon bayon etishni o'rgatish bu to’garakning asosiy maqsadlaridan biridir.
Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Kobilova Aziza Baxriddinovna ishtirokida 11-4ing 24 guruh talabalari ishtirokida 17.01.2024 da "Movie watching" to'garagining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi. Mashg’ulot boshida o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan kino haqida umumiy tushunchalar berib o’tildi. So’ngra talabalar kinoni miriqib tomosha qilishdi. Kino tugagach o'qituvchi tomonidan talabalarning tanqidiy fikrlashini tekshirish maqsadida kino xususida qiziqarli savollar berilib bahs-munozaralar to’liq ingliz tilida olib borilib, talabalarning lug’at boyligini oshirishga va gapirish ko’nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi va ularning mahoratlarini rivojlantirish uchun yangi metod va strategiyalardan foydalanildi.