April 29

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sattorova Shaxrizoda tomonidan pedagogik amaliyot doirasida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Xorijiy tillar fakulteti Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sattorova Shaxrizoda tomonidan pedagogik amaliyot doirasida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mazkur dars xorijiy tillar fakulteti binosi, 406-xonada, 11-5 ING 21 guruhi talabalari ishtirokida ''The use of short stories and games" mavzusida tashkil qilindi.

Talabalar dars jarayonida yakka tartibda, juftlikda va guruhlarda faol ishlashdi. Ular berilgan topshiriqlarni bajarish orqali bilimlarini mustahkamlashdi. Dars oxirida talabalar kichik yoshdagi o'quvchilar uchun mo'ljallangan mashqlar yaratib, guruhdoshlari bilan birgalikda bajarishdi hamda tahlil qilishdi.
Ushbu ochiq dars Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti f.f.d.(PhD) Z.B.Djalilova hamda Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi A.Kadirova tomonidan kuzatildi.