BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M.O’.Ubaydullayeva tomonidan “Amaliy grammatika va fonetika” fanidan sayyor dars o’tqazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi M.O’.Ubaydullayeva tomonidan 07.12.2024 kunida 11-12ing 24 guruh talabalari bilan “Amaliy grammatika va fonetika” fanidan ‘Different types of pronunciations ‘mavzusi sayyor dars sifatida o’tqazildi. Dastlab talabalarga Eski shahar majmuasidagi tarixiy inshootlar to’g’risida sayyohlar bilan suhbat orqali turli talaffuz usullari haqida malumot berildi. Bundan tashqari, sayyor dars jarayonida talabalar turli xil sohalarga oid ingliz yozuvchilari tomonidan yozilgan Ingliz tili talaffuzlari haqidagi asarlar bilan tanishdilar.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning “Yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil etishning besh muhim tashabbus”laridan biri “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil etish” maqsadida o'tkazilgan sayyor dars talabalarda katta taassurot va qiziqish uyg'otdi. Talabalar sayyor dars davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng foydalaniladigan fonetik kitoblar hamda talaffuz vositalari haqidagi haqidagi savollarga javob berishda faol qatnashib mavzuga doir turli fikrlar bildirishdi.