May 1

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti          Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kafedra kunlari" tadbirlari doirasida bir qator masalalar yuzasidan     davra suhbati o`tkazildi.

Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.
Shu asosda, BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasining bir guruh o'qituvchilari – X.X. Umurova, S.H. Axmedova, A.A. Yunusova, Z.X. Saidova, A.B. Kobilova, N.Z. Ruziyevalar tomonidan kafedrada belgilangan rejaga ko'ra "Kafedra kunlari" tadbirlari doirasida TTJ 5-bino talabalari ishtirokida " Yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish", “Kiberxavfsizlik nima?”, “Ommaviy madaniyat talqini”, “Xalqaro grantlarni qanday yutib olish mumkin?”, “Milliy-ma’naviy hamda umuminsoniy qadriyatlar” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Dastavval, ustozlar talabalar turar joyida yashash uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida talabalar bilan suhbat qildilar. So’ng har bir kafedra oqituvchisi o’z nutqida mavzu doirasida hozirgi kunda dolzarb bo’lib borayotgan mavzular ya’ni, yoshlarni jinoyatchilik va firibgarlikdan asrash, ularga to’g’ri yo’lni ko’rsatish, kiberxavfsizlik va undan ogoh bo’lish, ommaviy madaniyat talqini va uni har jabhada qo’llay olish, talabalarning davlat dasturlari asosida chet el davlatlari garntlarini yutib olish sirlari o’rgatish hamda oz’ligimizga xos va mos bo’lgan milliy qadriyatlar, ularni asrab qolish, keying avlodga yetkazish va buning uchun barcha birdek mas’ul ekanligi kabi mavzularda davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbati davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadvir ko’tarinki ruhda davom etdi.