BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi Usmonova Zarina Habibovna tomonidan 10-1 INL-25 guruh magistratura talabalari bilan "Ilmiy faoliyatga yo`naltirilgan chet tili fanidan "Coming to conclusion" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Usmonova Zarina Habibovna tomonidan 10-1 INL-25 guruh magistratura talabalari bilan 14-may kuni Ilmiy faoliyatga yo'naltirilgan chet tili fanidan "Coming to conclusion" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Mashg‘ulot "Scribbled pieces and finding state" metodi bilan boshlandi va talabalar "Comparing statement" mashg'uloti orqali ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanishda xulosa qismini yozish nozik tomonlarini, muhokama qismi bilan taqqoslash va farqlarini aniqlashni muhokama qildilar. Bu usul talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishda yuqori natija ko‘rsatdi.
Matn ustida ishlash jarayonida "True/False" mantiqiy topshiriqlari va Wordwall onlayn o'yin platformasidagi tanqidiy savollar majmuasi qo‘llanildi. Bu talabalarning matndagi dalillarni tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi. Mashg'ulot davomida "Categorizing useful languages" mashg'uloti talabalarni ilmiy tadqiqot ma'lumotlarini xulosalashda, manbani umumlashtirishda foydalanadigan maxsus gap birliklarini qo'llash borasida chuqur ma'lumotga ega bo'ldilar. Bu mashg'ulot interfaol usul orqali amalga oshirilib, talabalarning yanada faolligini oshirdi.
Mashg‘ulotning yakuniy qismida talabalar o‘rtasida interfaol muhokama -"Finding Conclusion part" tashkil etildi.
Ochiq dars yakunida kuzatuvchilar tomonidan dars bosqichlarining mantiqiy izchilligi, interfaol o‘yinlarning akademik mazmun bilan uyg‘unligi e’tirof etildi.