May 15

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillar o`qitish (ingliz) ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabalarida malakaviy amaliyot jarayonining borishi

Buxoro davlat universiteti 2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra joriy hafta 12-maydan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) kunduzgi yo’nalish 3-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi. Mazkur amaliyotning 1-hafta nazariy nofaol davrida Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova 11-3-ing-22 guruh talabalari bilan Ko’hna Buxoroning qadimiy yodgorliklari,Yetti Pir ziyoratgohlari haqida nazariy bilimlarni o'rganib kelmoqdalar.

Darslar jarayonida belgilangan mavzular doirasida taqdimotlar o'tkazilib, video materiallar tanishtirilmoqda. Darslarda talabalar juda faol ishtirok etishmoqda. Amaliyot jarayoni yaxshi tashkil etilgan. Amaliyotning keyingi haftasida faol amaliyot mobaynida Buxoroning osori atiqalariga tashriflar rejalashtirilgan.