BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida to`garaklar faoliyati samarali tashkil etildi.
Milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillami amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lovchi, Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko’lamli ilmiy, ijodiy ishlarni olib borish, talaba-yoshlarni hayotga maqsad va ishonch bilan yashashga tayyorlash, ularni eng yuksak qadriyat sifatida vaqtni qadrlash va undan samarali foydalanishga o‘rgatish bu to’garakning asosiy vazifalaridan biridir. Talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda Ingliz tilshunosligi kafedrasi ham o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Aziza Yunusova ishtirokida 4-kurs talabalari ishtirokida 2025- yilning 2- may sanasida "English PRACTICUM" to'garagining "Approaches to Classroom Investigation in Teaching" mavzusida navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi. Mashg’ulot boshida o’qituvchi tomonidan dastlabki ma’lumotlar berildi. To’garakda mashg’ulot to’liq ingliz tilida olib borilib, talabalarning dars berish, dars ishlanmasini ishlab chiqish, turli metodikalardan foydalanish, darslarni kuzatish va tahlil qilish ko’nikmalariga e’tibor qaratildi va ularning mahoratlarini rivojlantirish uchun yangi metod va strategiyalardan foydalanildi. Talabalar “Approaches to Classroom Investigation in Teaching” mavzusida poster tayyorlab, taqdimot qildilar.