March 27

BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi A.X.Qodirova tomonidan Amaliy grammatika va fonetika fanidan “Uncountable nouns and plural nouns” mavzusida sayyor dars o`tkazildi. 

Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi A.X.Qodirova tomonidan filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi I-bosqich 11-9ing-24 guruh talabalari bilan “Amaliy grammatika va fonetika ” fani bo’yicha “Uncountable nouns and plural nouns” mavzusida sayyor dars o`tkazildi. Amaliy mashg'ulot "bookhara" kutubxonasida o'tkazildi. Talabalar turli xil janrdagi asarlarda berilgan grammatik strukturalarni tahlil qilib, ingliz adabiyotidagi otning ko'plik shakli hamda sanalmaydigan otlarning ishlatilishini o'rganib chiqishdi va o'z fikrlarini bildirishdi.  A.X.Qodirova turli amaliy mashg'ulotlar asosida mavzuni batafsil tushuntirib berdi. Tasvirlash jarayonida talabalar faol qatnashib  mavzuga doir turli qiziqarli savol va javoblar bilan fikr almashdi.