May 7

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi N.N.Xayrulloyeva tomonidan sayyor dars o`tkazildi.

2025-yil, 2- may sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi N.N.Xayrulloyeva rahbarligida 11-8 ING-23 guruh talabalari bilan sayyor dars o‘tkazildi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
      Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi N.N.Xayrulloyeva rahbarligida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 11-8 ING-23 guruh talabalari bilan O'qish va yozish amaliyoti fanidan “Reading:Success story” mavzusida Xorijiy tillar fakulteti yonidagi "Bookhara" kutubxonada sayyor dars tashkil etildi.
      Fan o‘qituvchisi xorijiy til ta’limi sohasidagi islohotlar bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan muhim ekanligi haqida gapirib berdi.  Sayyor dars davomida talabalar bilan qizg‘in savol-javob o‘tkazildi.