Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli ilmiy seminar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida 13.05.2025-yil kafedra huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli ilmiy seminar o‘z faoliyatini davom ettirdi. Seminarda kafedra dotsenti Z.B.Djalilova so'zga chiqib, “ Xorijiy til o'rganuvchilarida sotsiolingvistik kompitensiyani rivojlantirishning ahamiyati va usulllari" mavzusida axborot berib o‘tdi.
Shuningdek, til urganuvchilarida kommunikativ kompitensiyani rivojlantirish, darajalar bo'yicha ularning ko'nikmalarini aniqlash xususida ham fikrlar o'rtaga tashlandi.Uslubiy seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.