March 18

 BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik davom etmoqda


  Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari tomonidan maktablarda o'quv jarayonini metodik qo'llab-quvvatlash, o'quvchilarning asosiy til ko'nikmalarini shu jumladan xorijiy mutaxassis, professor-o'qituvchilar va iqtidorli talabalarni jalb etish, ular ishtirokida mahorat darslarini tashkillashtirish, xorijiy tillarga o'qitish kurslari va to'garaklari faoliyatini yo'lga qo'yish, shuningdek, o'quvchilar o'rtasida ko'rik-tanlovlar va olimpiadalar tashkil etish alohida yo'lga qo'yilgan. Shu munosabat bilan, 2025-yil 17- martda Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari professor, f.f.d. M.I.Gadoyeva va f.f.f.d. N.N.Xayrulloyeva tomonidan Buxoro tuman 28- maktabida maktabda faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani o'qituvchilari va o'quvchilari bilan "Teaching English to young learners" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
      O'quv kitoblarini maktab bolalariga sovg'a qilish ko'plab jamiyatlarda keng tarqalgan amaliyotdir. Bu ko'pincha o'quvchilarga ta'limni jiddiy qabul qilishi va ularning oqishida muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur materiallar bilan ta'minlash usulidir. Avvalgi safar o'quvchilarga "Round-up" mashqlar to'plamining "Starter" va "First level" lari topshirilib, o'quvchilarning ingliz tiliga qiziqishlari yanada oshirilgandi. Shu safar ham kafedra professori, f.f.d. (DSc) M.I.Gadoyeva hamda f.f.f.d (PhD) Xayrulloyeva N.N. tomonidan bir nechta nusxada "Round-up-2" nomli ingliz tilidan mashqlar to'plami  Buxoro tumani 28-maktabning 6-sinf o'quvchilariga taqdim etildi.
     Uchrashuv yakunida ingliz tili fani oqituvchilari Ibragimova Gulshan, Sodiqova Shaxnoza, Cho'liyeva Zarina, Sadulloyeva Xonzoda, Karimova Dilshoda, Sharopova Nazokat va boshqalarga xorijiy tilni o‘rganishda foydali va samarali tavsiyalar berildi. Shuningdek, o`qituvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi va tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.