December 23, 2024

   BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi N.X.Navruzova tomonidan  “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.


"Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarmoqda, deb so'z boshladi guruh rahbari N.X.Navruzova, -Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh gʻoyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qarorida bir qator vazifalar belgilab qoʻyilgan."
Davra suhbati davomida talabalar mavzu bo'yicha o'z fikrlarini bildirishdi. Sayfullayeva Maftuna "Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish kerakligi haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, N. Boboyeva va D.Baxtiyorovalar ham Yangi Oʻzbekistonni barpo etish maqsadida keng koʻlamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlari, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta oʻzgarishlar haqida gapirishdi.
Bizning davrimizga kelib, masofa bilmas, hudud tanlamas voqelikka aylangan terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlik, separatizm kabi tashqi tahdidlar, zoʻravonlik, axloqiy buzuqlik, ommaviy madaniyat, egotsentrizm, kosmopolitizm, korrupsiya, jinoyatchilik, millatchilik, loqaydlik kabi ichki mafkuraviy-gʻoyaviy tahdidlar keng jamoatchilik orasida siyosiy, maʼnaviy targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish, uning koʻlami, ilmiyligi, hayotiyligini oshirishni taqozo etmoqda. Shu maʼnoda mazkur qaror jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish uchun xizmat qiladi, deyishga barcha asoslar mavjud.
Davra suhbati davomida talabalar an'ana va milliy qadriyatlarimiz mazmuni haqida fikr almashishdi.