BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi PhD Ruziyeva Nafisa Zarifovna tomonidan "O‘g‘zaki nutq amaliyoti fani Integrallashgan til ko`nikmalari modulidan “Environment” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi, PhD Ruziyeva Nafisa Zarifovna tomonidan 2024-yil 3-dekabr kuni 11-7 ING-23 guruhi bilan O‘g‘zaki nutq amaliyoti fani Integrallashgan til ko'nikmalari modulidan “Environment” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan materiallar dars mavzusiga mos bo‘lib, talabalar indivudial, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsning maqsadi ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarish sohasiga bog‘liq ma'lumotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Darsda talabalarning mantiqiy fikrlashini yaxshilash va ularni ingliz tilida o'z fikrini erkin izhor etishga imkon beradigan "I am eco-guilty of..." va "best tips of how to be ecofriendly" kabi nutqqa yo'naltiruvchi topshiriqlar qo'llanildi. Dars ishlanmasi talabaga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Dars so'ngida talabalar o'rgangan bilimlari asosida ekologik muammolarni aks ettiruvchi guruhlarga bo'linib o'z presentatsiyalari yordamida muammolarga yechim topishdi. Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar: Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi, PhD Z.X. Saidova va o'qituvchilar G.G.Abdullayeva, I.I. Akramov, A.M. Naimovalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.