June 14

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) kechgi ta`lim yo`nalishi 2-bosqich talabalarida malakaviy amaliyot Buxoroning tarixiy obidalariga sayohat samarali tashkil qilinmoqda.

Joriy o'quv yili rejasiga ko'ra 2025-yilning 2-iyun sanasidan 14-iyun sanasigacha Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 2-bosqich kechgi ta'lim talabalari 2 haftalik malakaviy amaliyotni o'tamoqdalar. Talabalar mazkur amaliyotning dastlabki 1-haftasida Buxoro tarixi, Ark, Minorai Kalon, Miri Arab madrasasi, Ko’kaldosh madrasasi, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayub, Nodir devonbegi madrasasi, Toqlar haqida nazariy bilimlarni o'rgandilar. Malakaviy amaliyotning keyingi 2-faol haftasida egallangan nazariy bilimlar amalda qo'llanilishi rejalashtirilgan. Mazkur muborak  qadamjolarga sayohat uyushtirish maqsadida kuni kecha 22 may kuni Ingliz tilshunosligi kafedrasi U.S.Toirova hamrohligida 11-1ingk-23 va 11-2ingk-23 guruh amaliyotchi talabalar Buxoroning tarixiy obidalariga chiqdilar. Sayohat davomida talabalar o’zlari o’rgangan nazariy bilimlarni amaliyot jarayonida erkin bayon qildilar va Buxoro tarixi hamda yodgorliklar haqida juda foydali hamda qiziqarli ma'lumotlarni ingliz, rus va o'zbek tillarida so'zlab berdilar. Shu bilan birgalikda U.S.Toirova tomonidan Buxoroning ulug'ligi haqida aytib berilgan ma'lumotlarni hamda ular bilan bog'liq rivoyatlarni talabalar katta qiziqish bilan tingladilar. Tarixiy obidalarga sayohat juda mazmunli o'tdi.