BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasida joriy yil 1-iyundan boshlab 3-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyot tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti 2025–2026-o‘quv yili ish rejasiga muvofiq joriy yil 1-iyundan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyot tashkil etildi.
Amaliyotning dastlabki ikki haftasi nazariy (faol bo‘lmagan) bosqich sifatida olib borilib, 11-6ING-23 guruhlari talabalari Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi N.N.Xayrullayeva rahbarligida Ko‘hna Buxoroning tarixiy yodgorliklari hamda “Yetti Pir” ziyoratgohlari bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirdilar.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar mavzular asosida taqdimotlar tayyorlab, ularni tahliliy va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitgan holda taqdim etdilar. Talabalarning darslardagi faolligi yuqori bo‘lib, amaliyot jarayoni tizimli va samarali tashkil etilgani kuzatildi. Amaliyotning keyingi bosqichida Buxoroning tarixiy va madaniy obidalariga amaliy tashriflar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Malakaviy amaliyot jarayoni talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi. Xorijiy tillarni o‘qitish tizimidagi islohotlar esa raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar kelgusida egallagan bilim va ko‘nikmalarini professional faoliyatda samarali qo‘llashlari kutiladi.