May 19

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi J.G` Axmedov tomonidan "Resume and cover letter" mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.

Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Axmedov Jahongir tomonidan ochiq dars oʻtkazildi. 2025-yil 10-may Shanba, 2-juftlikda J.G'.Axmedov filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 2-kurs 11-10ing23 guruh talabalari bilan o'qish va yozish fanidan "Resume and cover letter" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazdi. Mazkur darsining maqsadi talabalarning ingliz tilida yozish ko'nikmalarini hamda talabalarning Resume and cover letter yozish texnikalarini yanada rivojlantirishdan iborat edi. Ochiq dars zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlar asosida, kommunikativ hamda kontekstual uslublar uyg‘unligida olib borildi. Mashg‘ulot davomida talabalarni ilmiy faoliyatga yo'naltirish va ularning yozish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan individual, juftlik va guruhda ishlash kabi interaktiv strategiyalardan samarali foydalanildi. Dars davomida talabalarga PPT taqdimot orqali Resume va Cover letter yozishda ishlatilatigan so'zlar va ularning strukturasi tanishtirildi. Talabalarning o'rgangan bilimlari interactive o'yinlar va mashqlar bajarish orqali mustahkamlandi. Bir so'z bilan aytganda mazkur dars kontenti yordamida talabalar o'zlarining yozish ko'nikmalarini ayniqsa Resume and cover letter yozish haqida bilimlarini yanada o'stirishdi. Mazkur ochiq dars mashg'ulotini ingliz tilshunosligi kafedrasining o'qituvchilari f.f.f.d. (PhD) M.U.Saidova hamda M.M.Sharipovlar kuzatib borishdi va dars yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.