March 29

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti N.D.Djumayeva tomonidan Chet tillarni o`qitishning integrallashgan kursifanidan "Principles of Assessment " mavzusida ochiq dars o`tkazildi. 

Buxoro dalat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Djumayeva Nozima Djurabayevna tomonidan filologiya va tillarni o'qitish ( ingliz tili) ta'lim yo'nalishi III bosqich 11-1 ING - 22 guruh talabalari bilan "Chet tillarni o'qitishning integrallashgan kursi" fanidan "Principles of Assessment " mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Mazkur ochiq dars interaktiv metodlar orqali olib borildi. Dars mobaynida talabalar bilimni baholashning asosiy tamoyillari doirasida turli mashqlar bajardilar.
Talabalar darsda faol ishtirok etishdi. Mavzuga oid taqdimot va video materiallardan unumli foydalanilgan ushbu ochiq darsda mavzu keng yoritib berildi.  Dars so'ngida mavzu mustahkamlanib, talabalar baholandi. Dars tahliliga tashrif  buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsentlari Z.B.Djalilova, N.Z.Roziyeva, kafedra oqituvchilari N.H.Navruzova, K.B.Namozovalar va magistrant talabalar tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.