December 17, 2024

  BuxDu universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi Xayrullayeva Gulasal Farhodovna tomonidan Oģzaki nutq amaliyoti fanidan "Leisure and sport" mavzusida ochiq dasr o`tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Xayrullayeva Gulasal Farhodovna tomonidan Oģzaki nutq amaliyoti fanidan "Leisure and sport" mavzusida ochiq dasr o'tkazildi.
Mazkur ochiq darsda mavzu mohiyati keng yoritib berildi. Talabalarga mavzu bo'yicha taqdimot bilan tanishtirildi. Mazkur dars davomida interfaol metodlardan unumli foydalanilgan holda mavzu bayon etildi. Tinglab tushunishni o'rgatishda "Signposting language in listening" tushuntirildi.Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. Dars tahliliga tashrif buyurgan kafedra o'qituvchilar Artikov A.X, Barotova S.O' tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.