BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida Buxoroning tarixiy obidalari bo`ylab sayyor dars tashkil qilindi.
2025 yilning 9-yanvar sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi F.E.Yuldasheva rahbarligida 11-6 ING 22 guruh talabalari bilan Buxoroning eski shahar qismi Labi Hovuz ansamblida sayyor dars o’tkazildi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi F.E.Yuldasheva rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi III-bosqich 11-6 ING-22 guruh talabalari bilan Madaniyatlararo kommunikatsiya fanidan “Language and culture in English classrooms: ways of expressing politeness” mavzusida Buxoro yoshlar markazida sayyor dars tashkil etildi.
Fan o’qituvchisi xorijiy tillarni o'qitish jarayonida madaniyatlararo muloqotning ahamiyati, bugungi globallashuv davrida xushmuomalalikning axborot almashinuvdagi o'rni haqida gapirib berdi.
Xushmuomalalik qadim zamonlardan beri insonning qadrlanadigan muhim
xususiyatlaridan biridir. Shunga qaramay, u jamiyatda boshqalar bilan to'g'ri
muloqotga ega bo'lish uchun muhim vosita hisoblanadi. Garchi biz globallashgan sharoitda bir soyabon ostidagi dunyoda yashayotgan bo'lsak ham, har bir
madaniyatda xushmuomalalikning hamon turli hodisalari mavjud. Shuning uchun,
xushmuomalalik atamasi juda keng bo’lib, u asli lotincha "politus" so'zidan olingan
bo'lib, sayqallangan degan ma'noni anglatadi. Tilshunoslik nuqtai nazaridan,
xushmuomalalik - bu nafaqat boshqalarga nisbatan kamtarlik yoki yaxshilik qilish
yoki ijtimoiy xulq-atvorni saqlash, balki u pragmatikaning muhim tushunchalaridan
biridir. Ostinning fikriga binoan, murojaat bilan muloqot qilganda, murojaat qiluvchi
nutqiy harakatlarning uch xilini, ya’ni lokatsion, illokatsion va perlokatsion ishlab chiqarishi mumkin. Mazkur xatti-harakatlar tinglovchining murojaat qiluvchining nutqiga munosabatini anglatadi va ular xushmuomalalik tushunchasini tahlil
qilishda muhim hisoblanadi. Demak, so‘zlovchi muloqotda xushmuomalalik
ko‘rsatsa, qabul qiluvchi turli vaziyatlarda o'zining ijobiy imidjini saqlagan holda
yaxshi munosabatda bo'lishi mumkin.