May 7

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.A.Nazarova tomonidan Yozish ko’nikmalari fanidan “Book review” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

2025-yil 6-may kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Nazarova Navbahor Ahrorovna tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi III bosqich 11-4 ING–22 guruh talabalari ishtirokida “Yozish ko‘nikmalari” fanidan “Book Review” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlar asosida, kommunikativ hamda kontekstual uslublar uyg‘unligida olib borildi. Mashg‘ulot davomida talabalarning yozma nutqini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan individual, juftlik va guruhda ishlash kabi interaktiv strategiyalardan samarali foydalanildi.

Dars jarayonida “Who-What-Why”, “Mysterious Box”, “Project work” kabi zamonaviy o‘quv strategiyalari asosida tashkil etilgan topshiriq va mashqlar orqali talabalar faol fikrlashga, matnni tahlil qilish va yozma ifoda etishga keng jalb qilindi. O‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik texnikalar, AKT vositalari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars samaradorligini oshirdi. Mashg‘ulotda interfaol savol-javoblar, guruhlararo loyiha ishlari, kitoblar sharhini tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha amaliy topshiriqlar orqali mavzuning chuqur tahlili amalga oshirildi. Bu jarayon talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv orqali yozish ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Dars tahliliga tashrif buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B. Djalilova, katta o‘qituvchi M.T. Elmanova, o‘qituvchilardan N.M. Muxammadiyeva, N.X. Navro‘zova va A.X. Qodirovalar tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.