June 3

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) barcha 2-bosqich (kunduzgi va kechki ta`lim)talabalari uchun 4 va 2 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi.

2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 2025-yil 2-iyun kuni Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 2-bosqich (kunduzgi va kechki ta'lim) talabalari uchun 4 va 2 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi. Amaliyotning boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda kafedraning yetakchi professor-o'qituvchilari X.H.Umurova, A.B.Qobilova, E.T.Sadikov, M.A.Shukurova, S.H.Axmedova, Z.H.Usmonova, F.S.Vaxidova,N.M.Muxammadiyeva, I.I.Akramov, A.X.Artikov va M.O'.Ubaydullayevalar rahbarligida mazkur amaliyot davrida amaliyot rahbarlari bo'lib, ular talaba yoshlarga  Buxoroning tarixiy qadamjolari, tarixiy arxitektura me'moriy majmualari haqida nazariy bilimlar o'rgatilishi rejalashtirilgan. Darslar jarayonida belgilangan mavzular doirasida taqdimotlar o'tkazilishi tartibi, video materiallar tayyorlanishi talablari bilan tanishtirildi. Amaliyot darslarida talabalar faol ishtiroki baholanish jarayonida inobatga olinishi aytib o'tildi. Amaliyotning oxirgi 2 va 3 - haftasida amaliyot rahbarlari va talabalar bilan birgalikda Buxoroning tarixiy obidalariga sayohat uyushtirilishi rejalashtirilgan.