BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Sadullayeva Umida tomonidan “Interpersonal relationships: Friendship” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Sadullayeva Umida tomonidan Listening and Speaking fanidan “Interpersonal relationships: Friendship” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi. Dars 11-11ING-22guruhi talabalari ishtirokida ilmiy-pedagogik amaliyot rejasi asosida o‘tkazildi. Dars davomida talabalar shaxslararo munosabatlar haqida samarali muloqot qilish, ravonlik, faol tinglash qobiliyatlari va do'stlik haqidagi o'z fikrlarini ifoda etishda ishonchni namoyon etish qobiliyatini yaxshilaydilar.
Dars interfaol usullarga asoslangan holda o‘tkazildi. Talabalar yakka, juft va guruhlarga bo‘lingan holda turli topshiriqlarni bajardilar.
Mashg‘ulot davomida talabalarga mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatildi va audio rolik tinglandi, yangi so'zlarni qayd qilib, lug'atlarga doir mashg'ulotlar bajarildi. "Interpersonalrelationships:Friendship" mavzusiga oid qator mashqlar bajarib, mavzuni mustahkamlashdi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar faol ishtirok etdilar va yozish mahoratlarini yanada mustahkamlashdi.
Ushbu ochiq dars pedagogik amaliyot rahbari f.f.f.d (PhD), katta o'qituvchi F.S.Vahidova, kafedra dotsenti X.H.Umurova va N.J.Bobojonova tomonidan kuzatilib, kerakli tavsiyalar berildi.