January 22
BuxDu San`atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san`at kafedrasida ochiq dars o`tkazildi.
Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrasi o'qituvchisi Rafiyeva Nargiza Abdurazzakovna tomonidan 12-1SAN(TAS)-23 guruh talabalari bilan Sharq kitoboti va miniatyurasi san'ati fanidan ” Ko’p qirrali stolni badiiy bezash”mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Darsda ilmiy terminlarga xos bo'lgan jihatlarga alohida e'tibor qaratildi. Dars mobaynida o’qituvchi tomonidan turli-xil o’yin va metodlardan foydalangan holda taqdimotlar bilan o’tkazildi. Dars jarayonida o’qituvchi ikki guruhlarga bo’linib musobaqa tarzda tashkillashtirildi. Mavzuga doir turli video materiallardan unumli foydalanilgan holda mavzu yoritib berildi.