BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi G.G. Abdullayeva tomonidan ochiq dars mashg`uloti o`tkazildi.
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Abdullayeva Gulnora Gaybulloyevna tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi IV bosqich 11-1ING 21 guruh talabalari bilan 4- dekabr sanasida Chet tili o’qitishning integrallashgan kursi fani “Language testing and assessment ” modulidan “How to assess speaking” mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Mazkur dars mobaynida ushbu mavzuga oid termin va lug'atlar izchil o'rganildi, CEFR tizimi bo'yicha gapirish ko'nikmasining baholanishi tahlil qilindi. Finger Dice Discussion, Unscramble and discuss kabi interfaol metodlardan, mavzuga oid video va audio materiallardan unumli foydalanilgan ushbu ochiq darsda mavzu mazmuni keng yoritib berildi. Bundan tashqari, talabalar bo'lajak o’qituvchi sifatida gapirishga doir dars materiallarini qay tarzda tayyorlashni va ta’lim vositalaridan qanday foydalanishni o'rganib oldilar. Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft bo'lib hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. To'rtta (listening, speaking, reading, writing) til ko'nikmalaridan unumli foydalanilgan ushbu darsda o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan baholash shakli ham aynan mavzudan kelib chiqqanligi talabalarning dars mobaynida yanada faol bo'lishlarini ta'minladi. Dars so'ngida mavzu xulosalandi hamda talabalar izohi atroflicha muhokama qilindi. Dars tahliliga tashrif buyurgan kafedra professor o'qituvchilari hamda magistrant talabalar tomonidan ochiq dars to'g'risida iliq fikrlar bildirildi.