November 28, 2024

        BuxDu Xorijiy tillar fakulteti           Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari" mavzusida davra suhbati o`tkazildi


Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi G.G. Abdullayeva o'zi murabbiylik qilayotgan 11-1 ing-21 guruh talabalari bilan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” mavzusida davra suhbati o'tkazdi. Dastlab o'qituvchi joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to‘rtinchi jildi o‘zbek va rus tillarida nashrdan chiqqanligi, uning to'rt bo'limdan iboratligi haqida so'z boshladi.

So'ngra talabalar birin ketin kitobning bo'limlari haqida so'zlab berishdi. "Ushbu kitobning birinchi bo‘limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan.

“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib o‘tamiz” deb nomlangan ikkinchi bo‘limdan esa koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan", deb nutq so'zladi talaba Abdurahimova Charos.

"Kitobning “Do‘stona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi bo‘limini xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar tashkil etadi.

Kitobning to‘rtinchi – “Tabrik va qutlovlar” bo‘limiga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan", deya kitobning so'nggi bo'limlari haqida talaba Rasulova Gulrux so'zlab berdi.

Davra suhbati davomida talabalar milliyligimiz, an'ana va milliy qadriyatlarimiz haqida ham birin ketin so'zlab berishdi.