Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kafedra kunlari" tadbirlari doirasida "Bilak yoki bilim, talabalar hayotida sportning o`rni" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasining bir guruh o'qituvchilari – N.S.Qobilova, M.U.Saidova, N.Dj Djumayeva, F.E.Yuldasheva, N.N.Xayrullayeva, U.S.Toirova, Z.X.Shamamedovalar tomonidan kafedrada belgilangan rejaga ko'ra "Kafedra kunlari" tadbirlari doirasida TTJ 5-bino talabalari ishtirokida " Bilak yoki bilim, talabalar hayotida sportning o'rni" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarining talabalar sog’lig’ini mustahkamlashga, ish qobiliyatini oshirishga, talabalarning faol hayot yo‘liga, psixik jarayonlarining normal bo‘lishiga, shaxs xislatlarini tarkib toptirishga yaxshi ta’sir etayotganligini isbotlovchi juda ko‘p dalillar bor. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanadigan talabalarning dilkashlik, emotsional barqarorlik, aktivlik, o‘z o‘zini idora qilish, o‘z- o‘ziga adekvat baho berish va boshqa shu kabi ayrim sifatlarni ko‘rish mumkin. Mazkur davra suhbati davomida talaba yoshlar bilan mavzu yuzasidan qizg'in bahs olib borildi. Yangi davr insonning biologik va ijtimoiy imkoniyatlariga nisbatan balandroq talablar qo‘ymoqda. Shunga ko‘ra barkamollikka erishish uchun ommaviy jismoniy madaniyat va ommaviy sport har bir individning hayotiy ehtiyojiga aylanishi, ular bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining mazmuni, vositalari, amalda ulardan foydalanish, ayniqsa, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini boyitishda tayanch ehtiyojga aylanishi lozim. Ayniqsa, sog’lom turmush tarziga erishish uchun talabalar ongida oriyat, sha’n, jasurlik, vatanparvarlik, botirlik, bag’rikenglik, burch, mardlik kabi tushunchalarni shakllantirish, ularni mana shu ruhda tarbiyalash katta hayotiy ahamiyatga egadir. Binobarin bu tushunchalar har bir shaxsning o‘z yurti,xalqiga bo‘lgan munosabatlari bilan bog’liq ekanligi muhokama qilindi. Davra suhbatida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.