January 22

BuxDu San`atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san`at kafedrasida "Kulolchilikda  me`moriy obidalar loyihasini bajarish" mavzusida ochiq dars o`tkazildi

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik va pedagogika fakluteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrasi o'qituvchisi Rafiyeva Nargiza Abdurazzakovna tomonidan 12-1AS(BK)-21 guruh talabalari bilan Ijodiy loyihalash fanidan "Kulolchilikda me'moriy obidalar loyihasini bajarish" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Mazkur ochiq darsda mavzu mohiyati keng yoritib berildi. Talabalarga mavzu bo'yicha taqdimot bilan tanishtirildi. Mazkur dars davomida interfaol metodlardan unumli foydalanilgan holda mavzu bayon etildi.Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. Dars tahliliga tashrif buyurgan kafedra o'qituvchilari Kadirova Nozima Arifovna,Badiyeva Dildora Mahmudovna tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.