BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida " Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida to`garaklari faoliyati
Ma'lumki, 2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilindi. Ushbu dastur yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirish, talabalar va o'quvchi yoshlarga katta e'tibor berish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Mazkur vazifalar ijrosini bajarish maqsadida 26-iyun sanasida Ingliz tilshunosligi kafedrasida faoliyat olib borayotgan to'garaklar faoliyati taqdimoti BuxDU 3-binosida bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirga tashrif buyurgan Buxoro shahar 32-maktab o'qituvchilari va o'quvchi yoshlari, shuningdek, universitetning boshqa fakulteti talabalari kafedra to'garagi yutuqlariga va faoliyatiga zo' r qiziqish bildirdilar. Kelgusida kafedra to'garaklari bilan hamkorlik taklifini ham bildirishdi.
Tadbir zo'r ko'tarinki ruhda va qiziqarli taasurotlar bilan o'tdi.