April 26

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.

Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.M.Raxmatova va katta o’qituvchisi M.R. Saparova Kogon tuman 1-maktab bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yib kelmoqdalar. Kuni kecha kafedra o'qituvchilari maktabda bo'lib, xorijiy til o'qituvchilari bilan “The different skills for different ages” mavzusida seminar trening o'tkazdilar.
Suhbatlari davomida Qishloq joylardagi maktab o’quvchilari odatda chet tilini hayotiy vaziyatlarda ishlatish, kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishda ancha qiyinchiliklarga duch kelishlari, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning yoshlar hayotida ahamiyati kattaligi, uchinchi tashabbus ya’ni aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalaridan va internetdan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish hozirgi zamon talabi ekanligini aytib o’tdilar. Shuning uchun ham maktab o’quvchilari uchun chet tilida kompyuter savodxonligini oshirish uchun turli to’garaklar va kurslar tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo’lishi haqida ham aytib o’tdilar. So’ngra, ular o’quvchilar bilan suhbatda bo’lib, ularning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdilar va berilgan savollarga o’rinli javob berishga harakat qildilar. Davra suhbati juda qiziqarli bahs-munozara va savol-javob tarzida olib borildi va o'qituvchilar tomonidan juda ham yaxshi qabul qilindi.