May 15

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli ilmiy-uslubiy seminar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

2025-yil 14-mayda Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli uslubiy seminarning navbatdagi o'quv treyningi bo'lib o'tdi. Seminarda kafedra tayanch doktoranti X.X. Qodirova so'zga chiqib, “ Dissertatsiya himoyasi yuzasidan taqdim etiladigan hujjatlarning dastlabki bosqichga rasmiylashtirish tartibi" mavzusida axborot berib o‘tdi.

Shuningdek, seminarda yakunlangan dissertatsiya ishiga oid bo’lgan hujjatlar va talablarni qay tarzda topshirish va bajarish borasida zaruriy bilimlar berildi. Kafedraning tayanch va mustaqil tadqiqotchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.