May 11

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi Z.H.Usmonova tomonidan Ilmiy faoliyatga yo`naltirilgan chet tili fanidan “Conclusion section” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

2025-yil 8-may kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Usmonova Zarina Habibovna tomonidan magistratura bosqichi  Lingvistika(ingliz) 10-1INL-24 guruh talabalari ishtirokida “Ilmiy faoliyatga yo'naltirilgan chet tili” fanidan “Conclusion section” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlar asosida, kommunikativ hamda kontekstual uslublar uyg‘unligida olib borildi. Mashg‘ulot davomida talabalarni ilmiy faoliyatga yo'naltirish va ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan individual, juftlik va guruhda ishlash kabi interaktiv strategiyalardan samarali foydalanildi.
Dars jarayonida “Screbled pieces”,   “Reflect on your experience”, “Project work” kabi zamonaviy o‘quv strategiyalari asosida tashkil etilgan topshiriq va mashqlar orqali talabalar faol fikrlashga, matnni tahlil qilish va fikrni ifoda etishga keng jalb qilindi. Ilmiy faoliyatga qaratilgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan metodik texnikalar, AKT vositalari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars samaradorligini oshirdi. Mashg‘ulotda interfaol savol-javoblar, guruhlararo loyiha ishlari, ilmiy ishni xulosalash, ilmiy ishni  muhokama va xulosa qismini  tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha amaliy topshiriqlar orqali mavzuning chuqur tahlili amalga oshirildi. Bu jarayon talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv orqali ilmiy uslubda yozish ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Dars tahliliga tashrif buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsentlari, M.M.Raxmatova va N.D.Djumayevalar tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.