December 7, 2024

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilsunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sattorova Shaxrizoda tomonidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil qilindi

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilsunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sattorova Shaxrizoda tomonidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil qilindi.
Xorijiy tillar fakulteti binosi, 412-xonada, 11-3ING-24 guruh talabalari bilan ''Multiple intelligences" mavzusida pedagogik amaliyot rejasi bo'yicha ochiq dars o'tkazildi. Darsda turli xil metodlardan foydalanildi. Dars davomida talabalar yakka, juft va guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. Talabalar ma'ruzada olgan bilimlari asosida seminar mashg‘ulotida faol qatnashishdi.
Ushbu ochiq dars pedagogik amaliyot rahbari f.f.f.d. (PhD), dotsent A.B. Kobilova tomonidan kuzatildi.