January 17

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida navbatdagi sayyor dars o`tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova tomonidan 17.01.2025 sanasida 11-12 ING-24 guruh talabalari bilan "Og'zaki nutq amaliyoti" fanini sayyor dars sifatida o’tkazildi. Dastlab talabalar bilan zamonaviy texnologiyalar va ularning hayotimizdagi o'rni muhokama qilinib, o'zaro muloqotda foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlar, ularning afzalliklari hamda zararli xususiyatlari haqida so'raldi. Yigirma birinchi asr ko'nikmasi bo'lgan "digital literacy" ya'ni raqamli texnologiya ko'nikmalarining ta'lim va professional sohadagi ahamiyati ta'kidlandi. Tlabalar elektron pochtalaridan foydalanish, elektron xat yozish va jo'natish, google akkauntlari orqali google drive da ma'lumotlarini saqlashni o'rganshdi.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning “Yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil etishning besh muhim tashabbus”laridan biri yoshlarning kompyuter texnologiyalar savodxonligini oshirish boyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida o'tkazilgan sayyor dars talabalarda katta taassurot va qiziqish uyg'otdi. Talabalar sayyor dars davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng foydalaniladigan lug’atlar hamda tasvirlash vositalari haqidagi savollarga javob berishda faol qatnashib mavzuga doir turli fikrlar bildirishdi.