December 17, 2024

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida “Kafedra kunlari” tadbirlari doirasida  “Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish savodxonligi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasining o’qituvchilari U.S.Toirova, Z.X.Shamamedovalar tomonidan kafedrada belgilangan rejaga ko’ra “Kafedra kunlari” tadbirlari doirasida TTJ 5-bino talabalari ishtirokida “Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish savodxonligi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Kafedra o’qituvchilari o‘z nutqlarida ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasi ekanligini, axborot vositalari ommaning o’ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo’lib xizmat qilishini ta’kidlab, yoshlarga aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilishda as qotishini ham aytib o’tishdi. Shu bilan birgalikda mediasavodxonlik haqida ham to’xtalib, mediasavodxonlik ya`ni ommaviy axborot vositlari orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash koʻnikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda toʻgʻri qaror qabul qilish, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, oʻzida kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilishi va uning asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanish ekanligi yana bir talaba yoshlarga uqtirildi. Davra suhbatida talaba yoshlar ommaviy axborot vositlari haqida qizg'in bahs olib borildi. Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.