BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi F.E.Yuldasheva tomonidan "Extralinguistic issues in crosscultural communication: social roles in different cultures" mavzusida ochiq dars o`tkazildi
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna tomonidan filologiya va tillarni o'qitish ( ingliz tili) ta'lim yo'nalishi III-bosqich 11-7 ING 22 guruh talabalari bilan "Madaniyatlararo kommunikatsiya" fanidan "Extralinguistic issues in crosscultural communication: social roles in different cultures" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Mazkur dars mobaynida talabalar turli madaniyatlardagi mavjud ijtimoy mavqe va rollar haqida qizg'in bahs yuritdilar. Turli interfaol metodlardan, mavzuga oid video materiallardan unumli foydalanilgan ushbu ochiq darsda mavzu mazmuni keng yoritib berildi. Dars jarayonida talabalar yakka holda turli madaniyatlarda ayolning o'rni va ahamiyati haqida, shuningdek, o'qituvchilik maqomi va turfa madaniyatlarda unga bo'lgan turlicha munosabatlar haqida matnlarni o’qib, guruhlarga bo'lingan holda yangi so’zlar ustida ishladilar. To'rtta (listening, speaking, reading, writing) til ko'nikmalaridan unumli foydalanilgan ushbu darsda o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan baholash shakli ham aynan mavzudan kelib chiqqanligi talabalarning dars mobaynida yanada faol bo'lishlariga ruhlantirdi. Dars so'nggida talabalar egallagan bilimlarini taqdimot turida ishlash orqali tushuntirib berishdi va mavzu ijtimoiy rol va mavqelarning ahamiyati haqidagi fikrlar bilan xulosalandi. Dars tahliliga tashrif buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M. M.Raxmatova, kafedra katta o'qituvchisi A.A.Yunusova hamda dotsentlar S.H.Axmedova, Z.X.Saidovalar tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.