December 17, 2024

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Saidova Muxayyo Umedilloyevna tomonidan Matn Lingvistikasi fanidan “Spoken Discourse” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

16 dekabr Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Saidova Muxayyo Umedilloyevna tomonidan 70230101 – Lingvistika (ingliz) mutaxassisligi I bosqich magistrant talabalari bilan Matn Lingvistikasi fanidan “Spoken Discourse” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi. Mazkur dars mobaynida ushbu mavzuga oid termin va lug‘atlarning ishlatlishi, har xil o’rganish usullariga mos mashqlar tizimining ishlab chiqilganligi darsni yuqori baholanishiga ta'sir qildi. Jeopardy, Nearpod kabi interfaol ta’lim dasturlaridan ochiq ma’ruza davomida keng foydalanildi. Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft bo‘lib hamda guruhlarga bo‘lingan holda ishladilar. Ma’ruza so‘ngida Important*, Surprised!, Not Clear? texnikasi orqali mavzu xulosalandi, hamda talabalar izohi atroflicha muhokama qilindi. Dars tahliliga tashrif buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi mudiri va a'zolari: f.f.d., professor Z.I.Rasulov, f.f.f.d., dotsent Z.B.Djalilova, f.f.f.d. M.A.Shukurova ochiq ma’ruza yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.