Buxoro Davlat Universiteti, Qo`shma ta`lim dasturlari o`qituvchisi D.R.Isamova tomonidan 16 MJT1-24 guruh talabalari bilan joriy yilning 10 may kuni Fayzulla Xo`jayev uy muzeyida sayyor dars tashkil qildi.
Buxoro Davlat Universiteti, Qo'shma ta'lim dasturlari o'qituvchisi D.R. Isamova tomonidan 16 MJT1-24 guruh talabalari bilan joriy yilning 10 may kuni Fayzulla Xo'jayev uy muzeyida sayyor dars tashkil qildi. Ushbu sayyor darsda talabalar muzeydagi bebaho eksponatlar orqali 19 asr oxiri 20 asr boshlaridagi Buxoro xonligi,sovet davri boshidagi siyosiy,iqtisodiy va madaniy hayot haqida tasavvurga ega bo'ldilar. Fayzulla Xo'jayev - O'zbekiston tarixidagi muhim siyosiy shaxs sifatida,jadidchilar harakati yetakchisi bo'lganligi va zamonaviy ilm- fan rivojiga o'z hissasini qo'shib,shu orqali jamiyatni rivojlatirishga katta hissa qo'shganligi,ammo sovet totalitar tizimi tufayli,tuhmatlar ostida uning qatl qilinganligi haqida talabalarga ma'lumot berildi. Ushbu sayyor darsda talabalar nafaqat tarixiy obidani ko'zdan kechirishdi,balki Fayzulla Xo'jayev faoliyati va tarixdagi o'rni haqida chuqur bilimga ega bo'lishdi.