December 16, 2024

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kafedra kunlari" tadbirlari doirasida  "Mardlar qo`riqlaydi Vatanni" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Bugun Ingliz tilshunosligi kafedrasining bir guruh o'qituvchilari – N.S.Qobilova, M.U.Saidova, N.Dj. Djumayeva, F.E.Yuldasheva, N.N.Xayrullayeva, U.S.Toirova, Z.X.Shamamedovalar tomonidan kafedrada belgilangan rejaga ko'ra "Kafedra kunlari" tadbirlari doirasida TTJ 5-bino talabalari ishtirokida "Mardlar qo`riqlaydi Vatanni " mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Mustaqil O`zbekiston yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni asrash uning qadriga yetish har birimizning muhim burchimiz bo`lib hisoblanadi. Zero, tinchlik, omonlik va xotirjamlik barqaror bo`lgan yurtda barcha ertangi kunga ishonch bilan qarash, xotirjamlik ila toat-ibodat va solih amallarni imon va ixlos bilan ado etadi. Darhaqiqat, tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o`sib-ulg`ayishlari, komil inson bo`lib yetishishlarida, shubhasiz Vatan himoyachilarining o`rni, shijoati va jangavor ruhi beqiyosdir. Yuragida Vatan va xalq sevgisi mahkam joy olgan shijoatli o`g`lonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo`riqlamoqdalar. Mazkur davra suhbati davomida talaba yoshlar bilan mavzu yuzasidan qizg'in bahs olib borildi. Jadal ravishda rivojlanayotgan bugungi davr har bir shaxsni ogohlikka chorlashi, jamiyat hayotida sodir bo'ladigan har qanday voqea-hodisani xolisona tahlil qila olish va unga nisbatan munosabat bildirish jamiyat a'zolarining vazifasi ekanligi muhokama qilindi. Davra suhbatida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.