BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabalarida malakaviy amaliyot jarayonining borishi
Buxoro davlat universiteti 2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra joriy hafta 12-maydan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) kunduzgi yo’nalish 3-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi. Mazkur amaliyotning 1-haftasi nazariy nofaol amaliyot davri bo'lib, 11-2-ing-22 guruh talabalari Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.A.Shukurova rahbarligida Ko’hna Buxoroning qadimiy yodgorliklari, Yetti Pir ziyoratgohlari haqida nazariy bilimlarni o'zlashtirib kelmoqdalar.
Darslar jarayonida talabalar belgilangan mavzular doirasida taqdimotlar tayyorlab, qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishtirilmoqda. Darslarda talabalar juda faol ishtirok etishmoqda. Amaliyot jarayoni yaxshi tashkil etilgan. Amaliyotning keyingi haftasi bo'lmish faol amaliyot mobaynida Buxoroning tarixiy qadamjolariga tashriflar buyurish rejalashtirilgan.