February 28
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli uslubiy seminar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida 27.02.2025-yil kafedra huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli uslubiy seminar o‘z faoliyatini davom ettirdi. Seminarda kafedra mudiri f.f.d. (DSc), professor Z.I.Rasulov so'zga chiqib, “Lingvomadaniyatshunoslik. Til – madaniyat – elat masalasining tilshunoslikdagi muammosi” mavzusida axborot berib o‘tdi. Uslubiy seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.