BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasining “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til o‘rgatish jarayonlari integratsiyasi” ilmiy maktabi doirasida ilmiy seminar o`z faoliyatini davom ettirmoqda.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasining “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til o‘rgatish jarayonlari integratsiyasi” ilmiy maktabi doirasida ilmiy seminar o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Seminarda kafedra dotsenti f.f.f.d. (PhD) Shukurova M.A. "O'zbekiston Respubliskasi Oliy Attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar, ushbu nashrlarning avtoreferatda berilish tartibi" mavzusida axborot berib o'tdi. Ilmiy seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o'zlariga kerakli maʼlumotlarga ega bo'ldilar. Himoyaga oid dolzarb mavzu yuzasidan tadqiqotchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha javoblar oldilar. Qizg'in bahs-munozaralar asosida o'tgan seminar-treyning barchada iliq taassurot qoldirdi.