May 11

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti f.f.f.d. (PhD) Mirzo Maxmudovich Tursunov tomonidan "Social life in English speaking countries" mavzusida ochiq ma`ruza oʻtkazildi.

Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti f.f.f.d. (PhD) Mirzo Maxmudovich Tursunov tomonidan ochiq ma'ruza oʻtkazildi. 2025-yil 10-may Shanba, 3-juftlikda M.M.Tursunov filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 2-kurs guruhlari (11-1-2-3ing23) bilan mamlakatshunoslik fanidan "Social life in English speaking countries" mavzusida 15-ma'ruza mashg'ulotini o'tkazdi. Mazkur ma'ruza darsining maqsadi talabalarning inglizzabon mamlakatlari hisoblanadigan Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya hamda Yangi Zelandiyaning ijtimoiy hayotiga oid ma'lumotlarni yetkazish, madaniyatlararo tushunish kompetensiyasini shakllantirish, mazvuga oid kerakli lug'at tarkibini taqdim etish va turli interaktiv metod, texnik vositalar yordamida til o'rganuvchilarning gapirish, tinglab tushunish, yozish ko'nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat edi. Dars davomida talabalar ekranda namoyish etilgan turli rasmlar yordamida inglizzabon mamlakatlarning kiyinish odobi, uylari, to'y marosimlari, an'analari, bayramlari, milliy oshxona, raqs, musiqa va boshqa ijtimoiy hayotga tegishli madaniy masalalar bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi. Kichik guruhlarda talabalar Guy Fawkes Night, Easter, Pancake Day kabi bayramlar haqida ma'lumotlarni to'plab barcha talabalarga taqdim etishdi. Irlandcha musiqa va raqs haqida bilib olishdi hamda amalda bu ko'nikmalarni qo'llashdi, bir so'z bilan aytganda mazkur dars kontenti yordamida talabalar inglizzabon mamlakatlar haqida bilimlarini yanada o'stirishdi. Mazkur ochiq ma'ruza mashg'ulotini ingliz tilshunosligi kafedrasining yosh o'qituvchilari Artikov Azamat, Axmedov Jahongir, Sharipov Ma'mur, Kadirova Azizalar kuzatib borishdi va dars yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.