BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotning aktiv (faol) haftasi boshlandi.
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotning aktiv (faol) haftasi boshlandi.
Joriy yilning 16-iyun sanasidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotning aktiv (faol) amaliyot davri boshlandi.Ushbu amaliyotni Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, Z.H.Usmonova boshchiligida 11-6 ing23 guruh talabalari qadimiy Azim Buxoroi Sharif tarixi hamda Amir Olimxon madrasasi, Labi-Hovuz ansambli, Qo'sh madrasa(Abdullaxon va Modarixon madrasalari), Xo'ja Nasriddin Afandi monumenti, shuningdek, tarixiy hunarmandchilik va savdo-sotiq Toqlari(Toqi Sarofon, Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon), Mag'oki Attor masjidi, Mirzo Ulug'bek madrasasi kabi tarixiy qadamjolar bo'ylab turli taqdimot va video rolik tayyorlab, guruhda turli bahs-munozara va xorijiy mehmonlar bilan muloqotga kirishib obyektlar haqida taqdimot qilishdi. Talabalarning shахslаrаrо mulоqоt mаdаniyati, kоmmunikаtiv kоmpеtеntsiyalari, оg’zаki vа yozmа mulоqоt ko'nikmalari shаkllаntirilib, rivоjlаntirildi. Malakaviy amaliyotning aktiv haftaligida talabalar faol ishtirok etib, egallagan nazariy bilimlarini amalda qo'llay olish ko'nikmalarini koʻrsatishmoqda. Mazkur (faol) malakaviy amaliyot bosqichi talabalar uchun nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llab ko‘rish, ularni chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. Bu jarayon talabalarni kelajakdagi o'quv faoliyati, til muloqoti, ravon taqdimot qilish va jamoa bilan ishlashda erkin qo‘llay olishiga keng imkoniyat yaratdi.