March 30

 BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti X.SH. Saidov boshchiligida 11-5-ing-23 guruh talabalari "Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til o`rgatish jarayonlari integratsiyasi" nomli Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda ishtirok etdilar.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti X.SH. Saidov boshchiligida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-5-ing-23 guruh talabalari 29.03.2025 sanasida "Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til o'rgatish jarayonlari integratsiyasi" nomli Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda ishtirok etdilar. Anjumanda chet ellik va Respublikamizning taniqli tilshunos va adabiyotshunos olimlari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, talabalarning bilim va dinyoqarashlarining rivojlanishiga hissa qo'shdilar. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy anjuman talaba yoshlarda juda katta qiziqish uyg'otib, ijobiy taassurotlar qoldirdi.