December 7, 2024

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi S.U.Barotova tomonidan sayyor dars tashkil etildi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi S.U.Barotova tomonidan 05.12.2024 kunida 11-1 FRA-23 guruh talabalari bilan "Ikkinchi chet tili (ingliz tili)" fanini sayyor dars sifatida o’tqazildi. Dastlab talabalarga kutubxona tarixi, undagi kitoblar va gazetalar, zamonaviy yozuvchilar asarlari haqida tanishtirildi. Bundan tashqari, sayyor dars jarayonida talabalar turli xil sohalarga oid fransuz yozuvchilari tomonidan yozilgan hikoya va asarlar bilan tanishdilar. Binoning yosh bolalar uchun mo'ljallangan o'qish zali ham diqqatga sazovordir. Ingliz tilshunosligi yo’nalishidagi kitoblar va darsliklar talabalarga ma'qul kelib, shu yo'nalishdagi kitoblar dars davomida samarali foydalanishi xususida suhbat olib borildi.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning “Yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil etishning besh muhim tashabbus”laridan biri “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil etish” maqsadida o'tkazilgan sayyor dars talabalarda katta taassurot va qiziqish uyg'otdi. Talabalar sayyor dars davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng foydalaniladigan lug’atlar hamda tasvirlash vositalari haqidagi haqidagi savollarga javob berishda faol qatnashib mavzuga doir turli fikrlar bildirishdi.